IESdagi avariya tufayli butun shahar “svet"siz qoldi

Olam

image

Qozog‘istonning Qarag‘anda shahridagi issiqlik elektr stansiyasida ro‘y bergan avariya tufayli butun shahar elektr ta’minotidan uzilib qoldi. Bu haqda viloyat hokimligiga tayanib, “Nur” nashri xabar berdi

“Issiqlik elektr stansiyasida himoyani faollashtirish ko‘rinishida texnik qoidabuzarlik sodir bo‘ldi. Oqibatda 220 kV tashqi elektr taqsimlash moslamasi o‘chirildi. Sabablar va holatlar o‘rganilmoqda. Elektr ta’minotisiz qolgan abonentlar soniga ham aniqlik kiritilyapti”, deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida. 

“Karaganda Energy Center”ning rasmiy veb-saytiga ko‘ra, Qarag‘anda Issiqlik elektr stansiyasi mintaqaviy ahamiyatga ega. U 1977 yilda foydalanishga topshirilgan. IESning quvvati 532,2 - 670 MVtni tashkil qiladi. Elektr stansiyasida 880 nafar xodim ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qarag'anda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing