Ichkilik ta’sirida janjal ko‘targan 65 yoshli shaxs urib o‘ldirildi

Jamiyat

bd7445da87ea6258bf087e50c5bc620f

Joriy yilning 2 iyul kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida mudhish jinoyat ro‘y berdi. Ichkilik oqibatida kelib chiqqan janjal qotillik bilan yakun topdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu kuni soat 03:25 da tuman kasalxonasiga Shofirkon tumani “Zarchibek” MFY da yashovchi 24 yoshli M.F. va 65 yoshli Ya.N., lar tushib qoladi. Tuman IIB tomonidan esa hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi yuboriladi.

Aniqlanishicha, 2 iyul kuni soat 00:30 da Ya.N. o‘z uyida M.F. bilan spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Ichkilik ta’sirida o‘rtalarida kelishmovchilik va janjal kelib chiqadi. Shunda Ya.N. uyida bo‘lgan temir armatura bo‘lagi bilan M.F., ni bosh qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazadi. Shundan so‘ng M.F. Ya.N., ning qo‘lidan temir armatura bo‘lagini tortib olib, uni ham  tanasining bosh, ko‘krak, qorin sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, jarohatlaydi.

Ya.N. tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.F., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Buxoro

Baholaganlar

227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing