Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari ishdan olindi
Jamiyat
−
28 yanvar 6184 1 daqiqa
Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.
Shuningdek, Davron Obidovich Nazarmuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan.
Live
Barchasi