Ichki ishlar podpolkovnigi koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligining yana bir xodimi koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash guruhi katta mutaxassis-muxandisi podpolkovnik Abdulaziz Abduvahobovich Toshev koronavirusdan vafot etgan.

Vazirlikning QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, Toshev boshqa kasallikdan davolanayotgan bo‘lgan. Ammo ahvoli og‘irlashgach, koronavirusga test topshirgan va natija musbat chiqqan.

Vazirlik o‘z xodimi vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 14 787 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 8 655 nafari sog‘aygan va 72 nafari vafot etgan.

Avvalroq, ikki nafar ichki ishlar xodimi koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

631

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing