“Ichishni tashlang va chang‘i uchishga o‘ting”. Putin ichkilikbozlikdan so‘z ochdi 

Olam

image

Rossiyada spirtli ichimliklarni iste’mol qilish sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 29 fevral, payshanba kuni Federal Majlisga murojaati chog‘ida ma’lum qildi.

Rossiya rahbari ichkilikbozlikning kamaygani haqidagi ijobiy dinamikani mashhur ibora – "Ichishni to‘xtating va chang‘i uchishni boshlang", nasihati ortidan e’lon qildi.

“Ichishga kelsak, biz sezilarli, yaxshi natijalarga erishdik. Hech qanday ekstremizmsiz spirtli ichimliklarni va birinchi navbatda, kuchli spirtli ichimliklarga qaramlikni kamaytirdik. Bu esa, albatta, xalq salomatligiga ta’sir qilmay qolmaydi”, deya maqtangan Prezident.

O‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiyada spirtli ichimliklar iste’molini kamaytirish konsepsiyasini tasdiqladi. Ushbu tashabbusning maqsadi rossiyaliklarning spirtli ichimliklarga ehtiyojini bir kishi uchun yiliga 7,8 litr etanolgacha kamaytirishdir. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda bu ko‘rsatkich aholi jon boshiga 8,9 litrga yetgan.

1 fevral kuni Davlat Dumasi mintaqaviy hokimiyatlarga ichimlik do‘konlari kunduzi faoliyat yuritib, kechasi alkogolli ichimliklar sotuvini taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi. Hududlar restoranlar, barlar, kafelar va bufetlarda pivo, sidr va boshqa spirtli ichimliklarni sotish bo‘yicha yangi talablar joriy etiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga qilgan murojaatida MDHda rus tilini targ‘ib qilishni kuchaytirishni buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made