Ibrohim Totlisas nabirasini sudda mag‘lub qildi

Madaniyat-san’at

image

Mashhur turk qo‘shiqchisi Ibrohim Totlisas Istanbulning Sariyer tumanidagi kvartirasi nabirasi Mert Totlisas tomonidan o‘zining roziligisiz 6 yildan beri egallab olingani bo‘yicha sud ishida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Turkiyaning "Milliyet" nashri ma’lum qildi.

Sud Mert Totlisasning kvartirani noqonuniy egallab olgani uchun  370 ming 246 lira (taxminan 12 ming dollar) tovon puli tayinlagan va uning kvartiradan zudlik bilan chiqib ketishini ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilgan.

Xonandaning "Kanal D" nashriga bergan intervyusida uning katta o‘g‘li Ahmet Tatli otasining ruhiy sog‘lig‘idan xavotirda ekanligini va vasiy tayinlash uchun sudga murojaat qilganini bildirgan. Totlisas o‘g‘lidan qattiq ranjiganini aytib, ota va o‘g‘il o‘rtasidagi aloqalar butunlay uzilganini ma’lum qilgan.

Suddan so‘ng xonanda ruhiy jihatdan sog‘lom ekanligini isbotlash uchun 7 xil muassasaga murojaat qilganini va Ege universitetidan salomatlik sertifikatini olganini ta’kidlagan.

“Ortiq farzandlarimning bu uyda qolishini istamayman, chunki ularga ahmoq emasligimni isbotlaganimdan afsusdaman va ular meni aqldan ozgandek ko‘rishlariga chiday olmayman. To‘g‘rirog‘i, bu mening bolam emas, balki nabiram. Men bolalarimga qarayman. Farzandlarimning hammasiga uy berib, xarajatlarini qoplaganman. Ammo, men aqldan ozgan bo‘lsam, bolasining xarajatini Ahmetning o‘zi qoplasin”, deb shikoyat qilgan 72 yoshli turk estradasi qiroli.

Ibrohim Totlisasning advokati Yag‘iz Karadenizli o‘z bayonotida mijoz ko‘chmas mulkni nabirasi Mert Totlisas egallab turganidan uzoq vaqt bexabar bo‘lganini va 2018 yil yanvar oyida kvartira Mert tomonidan uning roziligisiz foydalanilayotganini bilib qolganini ochiqlagan.

"Mijoz nabirasidan kvartirani bo‘shatib qo‘yishni va shu kungacha nohaq foydalangani uchun pul to‘lashini so‘ragan" deydi advokat.

Ma’lumot o‘rnida, Ibrohim Totlisas 1952 yilning 1 yanvar kuni Turkiyaning Shonliurfa shahrida dunyoga kelgan. 1970 yildan buyon xonandalik faoliyatini boshlagan. O‘z qo‘shiqlari bilan katta shuhrat qozongan xonandaning “Allohim”, “Tek tek”, “Haydi so‘yle” kabi taronalari O‘zbekistonda ham mashhur.

Eslatib o‘tamiz, Totlisas 2022 yilda jiddiy avtohalokatga uchragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Istanbul Ibrohim Totlisas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing