Ibragimovich yana jarohat oldi
Sport
−
25 aprel 2023 3650 1 daqiqa
Shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda “Pazzi di Fanta” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Milan” hujumchisi “Lechche”ga qarshi (2:0) A Seriya o‘yini oldidan o‘tkazilgan chigalyozdi mashg‘ulotlari paytida o‘zini noqulay his qilgan. Ko‘p o‘tmay, Ibragimovich oqsoqlanib qolgan va kiyim almashtirish xonasiga olib kirib ketilgan.
Joriy mavsumda Zlatan Ibragimovich “Milan” safida A Seriyada bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
41 yoshli hujumchi mavsum boshidan beri tizzasidan olgan jarohati sababli mavsumdagi ilk o‘yinini fevral oyida o‘tkazdi. Keyinroq Ibragimovich mart oyida FIFA kunlari doirasidagi o‘yinda jarohat oldi va bir oyga safdan chiqqandi. U o‘tgan yakshanbaga kelibgina “Lechche”ga qarshi
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr