IBA Toshkent mundialida qatnashadigan yulduz bokschilarni ma’lum qildi
Sport
−
18 aprel 2023 5125 1 daqiqa
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA ) yana bir necha kundan so‘ng Toshkentda start oladigan erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi bir qator yulduz sportchilar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bo‘lajak musobaqada 2021 yil Serbiyada o‘tgan dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan quyidagi 7 bokschi chempionlik titulini himoya qiladi:
-51 kg: Saken Bibossinov (Qozog‘iston);
-54 kg: Tomoya Suboi (Yaponiya);
-60 kg: Sofyan Omixa (Fransiya);
-67 kg: Sevon Okazava (Yaponiya);
-75 kg: Yeonlis Ernandes (Kuba);
-86 kg: Loren Alfonso (Ozarbayjon);
-92 kg: Xulio La Kruz (Kuba).
Jahon chempionati 30 aprel – 14 may kunlari Toshkent shahridagi “Humo arena” majmuasida bo‘lib o‘tadi. Mundial bahslari 13 ta vazn toifasida tashkil etiladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr