IBA tarafdorlari Xalqaro olimpiya qo‘mitasi binosi yaqinida namoyish o‘tkazdi
Sport
−
06 dekabr 2022 5784 1 daqiqa
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Ijroiya kengashi a’zolari tashkilotning Lozannadagi qarorgohida boksni 2028 yilgi o‘yinlar dasturiga kiritish talabi bilan norozilik namoyishini tashkil qilgan Xalqaro boks assotsiatsiyasi tarafdorlari bilan konstruktiv suhbat o‘tkazdi. Bu haqda IBA rasmiy saytida xabar berildi.
Dushanba kuni boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni va 1988 yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori kichik Roy Jons boshchiligidagi IBA tarafdorlari XOQ shtab-kvartirasida boksni 2028 yilda Los-Anjelesdagi Olimpiada o‘yinlariga kiritish talabi bilan namoyish o‘tkazdi.
“XOQ shtab-kvartirasi yaqinida IBA tarafdorlarining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Biz o‘z xavotirlarini bildirgan odamlarni tingladik. Jamoamiz ular bilan uchrashdi, konstruktiv muhokama bo‘ldi. Lekin XOQ Ijroiya kengashi hali qaror qabul qilgani yo‘q. Bu masala keyingi ikki kun ichida muhokama qilinadi, hozircha IBA talabi bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmaydi", deydi Adams.
2019 yilda XOQ Xalqaro boks federatsiyasidan (2021 yildan assotsiatsiya deb yuritilgan) islohotlarni talab qildi, ammo bir qator shartlar haligacha bajarilmagan. IBA XOQ talablarini bajarmagani munosabati bilan 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada musobaqalarini tashkil etish vazifasini XOQ o‘z zimmasiga oldi. Shuningdek, qo‘mita hozircha boksni 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada dasturiga kiritmaslikka qaror qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr