IBA Olimpiada sovrindorlariga qancha mukofot puli berishini ma’lum qildi

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining boks bahslarida g‘olib bo‘lgan sportchilarga 100 ming dollar to‘laydi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchiga 50 ming dollar, uning milliy federatsiyasi va murabbiyiga 25 ming dollardan, Parij Olimpiadasi kumush medali sovrindoriga 25 ming dollar, yana 25 ming dollardan murabbiy va milliy federatsiyaga to‘lab beriladi. Bronza medali sohibi uchun 25 ming dollar ajratiladi, 12,5 ming dollar milliy federatsiya va murabbiy o‘rtasida teng taqsimlanadi. 

Chorak finalda mag‘lub bo‘lgan va beshinchi o‘rinni egallagan sportchilarning har biri 10 ming dollardan mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ladi. 

“Biz sportchilarni Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlari uchun taqdirlashda eng yaxshilaridan biri ekanligimizdan faxrlanamiz. IBA prezidenti sifatida men doimo sportchilarimiz yaxshi hayot kechirishi uchun kurashaman. Men 2024 yilgi o‘yinlarning yangi chempionlari, medallari va chorak finalchilarini sharaflash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman”, deydi IBA prezidenti Umar Kremlyov.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada Umar Kremlyov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing