IHESning siyosiylashgan qarorlari Rossiya uchun nomaqbuldir – Putin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHES) qarorlarini amalga oshirishni to‘xtatganini aytib, ular siyosiylashgan, noxolis va bu qabul qilib bo‘lmasligini  bildirdi. 

Bugun, 14 fevral kuni hakamlik va harbiy sudlar, shuningdek, umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining yig‘ilishida davlat rahbari o‘tgan yilning mart oyida Rossiya Yevropa Kengashidan, sentyabrda esa Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi yurisdiksiyasidan chiqqanini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, bunday qadamning sabablari aniq.  

“Ushbu sudning ba’zi hukmlari ochiqdan-ochiq siyosiylashtirildi”, deb tushuntirdi Putin. 

U bu kabi siyosiylashuv uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lganini,  ammo so‘nggi paytlarda bu shunchaki qabul qilib bo‘lmaydigan holga kelganini qo‘shimcha qildi.

“G‘arazlilik, tarafkashlik, ular qanchalik asosli bo‘lmasin, har qanday holatda ham sud tizimi uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, deydi Prezident. 

Uning ulohida urg‘ulashicha, qabul qilingan federal qonunlarga ko‘ra, 2022 yil 15 martdan keyin kuchga kirgan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarorlari Rossiyada amal qilmaydi.

“Bundan tashqari,  bizning protsessual qonunchiligimizga Rossiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarini Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarorlari asosida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi”, deydi Putin.

U protsessual kodekslardan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining qarorlari qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi yoki yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi to‘g‘risidagi qoidalar chiqarib tashlanganligiga e’tibor qaratdi. 

Putin mamlakatning Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi yurisdiksiyasidan chiqishi oqibatlari haqida o‘ylagan bo‘lsa-da, Rossiya sudlarining fuqarolar huquqlarini ishonchli himoya qila olishiga ishonchi komil ekanini aytdi. Davlat rahbari Rossiyada munozara boshlanganini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol qo‘yilganini – “Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudidan chiqish mamlakatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish darajasining pasayishiga olib keladimi?”, degan savol kun tartibiga chiqqanini eslatdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing