Hyatt Regency mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

Olam

image

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Hyatt Regency Dushanbe mehmonxonasini sotish rejalashtirilyapti. Bu haqda AP “Tojinvest” davlat unitar korxonasi ma’lumotlariga asosan xabar berdi.

Besh yulduzli Hyatt Regency Dushanbe mehmonxonasini investitsiya loyihasiga asosan sotish ko‘zda tutilgan. Mehmonxona aksiyalari paketining narxi hozircha ko‘rsatilmagan.

Ta’kidlanishicha, “Poytaxt” va “Vahsh” mehmonxonalari investitsiyaviy loyihaga asosan ta’mirlanadi. Ularga mos ravishda 8 va 4 mln dollar investitsiya kiritiladi. Har ikki mehmonxona ham davlat mulki hisoblanadi.

“Yoshlik” ko‘li sohilidagi besh yulduzli Hyatt Regency Dushanbe mehmonxonasi 2008 yilda foydalanishga topshirilgan. Mehmonxona rossiyalik oligarx Oleg Derepaskega tegishli kompaniyaga qarashli bo‘lgan. Qurilish ishlari turk kompaniyasi ENKA tomonidan olib borilgan va 100 mln dollar sarflangan.

2017 yilda Hyatt Regency Dushanbe “Yaratilish” biznes markazi bilan birga Tojikiston alyumin zavodiga berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Hyatt Regency

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing