Huawei narxi deyarli 3000 “ko‘kat“ bo‘lgan yangi smartfonni namoyish qildi
Texnologiya
−
23 fevral 2021
8032Xitoyning texnologik giganti Huawei kecha, 22 fevral kuni o‘zining yangi qatlanadigan yoxud planshet va telefon ikkitasi birda bo‘lgan Mate X2 smartfonini namoyish qildi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar qilingan.
Ma’lum qilinishicha, yangi qurilmaning tashqi va ichki ekranlari sinxron ravishda hamda bir vaqtning o‘zida turli xil vazifalarni ham bajarishi mumkin. Taxlanadigan qurilma ham ichkariga, ham tashqariga qayriladi.
Xabarga ko‘ra, AQSH sanksiyalari ostida ushbu qurilma uchun kerakli chiplarni yetkazish to‘xtatilgan. Shu sababli smartfonning chiqarilishi xavf ostida bo‘lgan.
Sanksiyalar bosimi ostida Huawei ushbu smartfonlar uchun Tayvanning TSMC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi “Kirin” chipini qo‘lga kiritgan. Kompaniya veb-saytida qayd etilishicha, kompaniya Mate X2 ishlab chiqarish uchun yetarli mikrosxemalarga ega.
Yangi smartfonning asosiy xususiyatlari:
• Tashqi displey – 16 sm, ichki – 20 sm;
• to‘rtta kamera: 50 megapikselli Ultra Vision kamera, 16 megapikselli kinokamera, 12 megapikselli telefoto va 10 karra kattalashtirish uchun 8 megapikselli kamera;
• 16 MP old kamera;
• 8 Gb tizim xotirasi;
• 256 Gb xotira (512 Gb qimmatroq versiyada);
• Huawei “Kirin” 9000 protsessori;
• 4500 mA / soat quvvatga ega akkumulyator;
• OS EMUI 11.0 (Android 10 asosida) ishlash.
Xitoyda ushbu smartfonning sotuvi 25 fevralda boshlanadi. Qurilmaning bazaviy versiyasi 2785 AQSH dollari, 512 Gbli versiyasi esa 2940 AQSH dollarida baholanmoqda. Dastlib Huawei Mate X2 faqat Xitoy ichki bozorida sotiladi.
LiveBarchasi