BMT O‘zbekistonning turizm bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Jamiyat

image

14 noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining Ikkinchi qo‘mitasida O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” loyihasi bir ovozdan qabul qilindi.

Rezolyutsiya loyihasida a’zo davlatlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy barqarorlik va barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan salmoqli hissasini qayd etganlar. Ular mintaqada iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirganlar. 

Ushbu hujjatni qabul qilish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 24-26 aprel kunlari Pekinda (XXR) bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” Xalqaro forumida bildirilgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, asosiy qo‘mitalar tomonidan konsensus yoki ovoz berish yo‘li orqali tayyorlanadigan va qabul qilinadigan qarorlar va rezolyutsiyalar loyihalari plenar yig‘ilishlarda yakuniy tasdiqlash uchun BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etiladi. Bu jarayonda ular odatda o‘zgarishlarsiz va ovoz berish natijalari qo‘mitalarda bo‘lgani kabi qabul qilinadi. 

Ikkinchi qo‘mitada iqtisodiy rivojlanish masalalari, ilg‘or texnologiyalar bilan ishlashdagi kamchiliklarni bartaraf etishdagi muammolar va rivojlanish maqsadlari uchun mablag‘lar jalb qilish usullari muhokama qilinadi. Tekshirish natijalariga ko‘ra, rezolyutsiya loyihasi konsensus asosida qabul qilindi (BMTning barcha 193 a’zosining bir ovozdan roziligi). 

Markaziy Osiyo mamlakatlari nomidan hujjatlarni O‘zbekiston delegatsiyasi taqdim qildi. Hammuallif bo‘lib 53 davlat chiqdi. Rezolyutsiya loyihasi Bosh Assambleyaning dekabr oyida bo‘ladigan plenar yig‘ilishida rasman tasdiqlanadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

BMT Turizm

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing