Honor O‘zbekiston orqali Rossiya bozoriga kirmoqchi 

Olam

image

Xitoyning Huawei kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Honor smartfonlari ishlab chiqaruvchisi qurilmalarni Rossiyaga rasmiy yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya Rossiya bozorini tark etish haqida rasmiy bayonot bermagan, ammo manbalarga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi Rossiyaga qurilmalarni yetkazib berishni mart oyida to‘xtatgan.

Xabarga ko‘ra, hozir Xitoy kompaniyasi Armaniston va Gruziyadan hamkorlar izlamoqda. Bundan tashqari, sotuvchi O‘zbekiston bilan allaqachon kelishuvga erishgan. Shu yo‘l bilan Xitoy kompaniyasi Rossiya bozoriga qaytishi mumkin.

Garchi Xitoydan kelgan maishiy elektronika cheklovlarga duch kelmasa-da, MDHdagi distribyutorlar bilan ishlash kompaniyaga sanksiyalar xavfini kamaytirish imkonini beradi. 

Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, garchi Xitoydan kelgan maishiy elektronika hozircha cheklovlarga duch kelmasa-da, MDHdagi distribyutorlar bilan ishlash kompaniyaga bo‘lajak sanksiyalar xavfini kamaytirish imkonini beradi. 

"Rossiya bilan ishlashda xavflarni kamaytirish va baland ovozli bayonotlarsiz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish hozirda ko‘plab Xitoy kompaniyalarining siyosati", deydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomonidan sanksiyalar xavfini minimallashtirish uchun tanlangan formatlarning eng foydalisi shu bo‘ladi.

RIA Novostiga ko‘ra, iyun oyi boshida Xitoyning yana bir yirik smartfon sotuvchisi – Huawei’ning Rossiyadagi savdo nuqtalari yopila boshladi. Bunga asosiy sabab omborlarda mahsulot yetishmasligi, shuningdek, smartfonlarga talabning pasayishi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston sanktsiya Xitoy Honor

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing