O‘zbekistonda 3 tuman suvni tejash rejimiga o‘tadi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2019
8041O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim hududlarda er osti suvlaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Nurota (Navoiy viloyati), Qo‘shrabot (Samarqand viloyati) va Zomin (Jizzax viloyati) tumanlari yer osti suvlarini tejash rejimiga o‘tkaziladi. Mazkur cheklov 2019 yil 1 noyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.
Mazkur hududlarda yer osti suvlarining darajasi va sifatini kuzatish rejalashtirilgan. Shu orqali hududlarda suvga qo‘yilgan cheklovning davom ettirilishi yoki olib tashlanishi haqida bir qarorga kelinadi.
2019 yil 1 noyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar yer osti suvlaridan foydalanish uchun quduqlarni burg‘ulashga alohida ruxsat olinishi talab qilinadi.
Davlat geologiya qo‘mitasi Suv va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari bilan kelishgan holda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni hisobga olgan holda sug‘orish uchun, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va tuman hokimliklari bilan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun suv iste’moli uchun, hududiy rivojlanish va oqilona foydalanish dasturlarini hisobga olgan holda suvdan foydalanishga ruxsat beradi.
Ta’kidlanishicha, mazkur cheklov aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan quduqlarga taalluqli emas.
Bundan tashqari, kelasi yildan boshlab Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlarida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan foydalangan holda kam suv talab qiladigan qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish va yetishtirishni bosqichma-bosqich o‘tkazish boshlanadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr