To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga yana imkon berildi
Jamiyat
−
13 avgust 2020
8606Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlarga yana bir imkoniyat berildi.
Ma’lumki, 2020 yil 20 iyul kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.
Ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirmagan abituriyentlar tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq 2020-2021 o‘quv yili qabulida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga 2020 yil 16 avgustga qadar to‘lovni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilmoqda.
Ya’ni, test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar 2020 yil 16 avgustga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha jami 1 484 085 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bunda to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ham hisobga olingan.
Eslatib o‘tamiz, tartib bo‘yicha joriy yil 20 iyul kuni abituriyentlardan hujjat va to‘lov qabul qilish to‘xtatilgan, ammo DTM to‘lovni amalga oshirish uchun abituriyentlarga 21 iyul kuni ham imkoniyat bergan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr