Finlyandiya 15 yilda uglerod gazlaridan holi davlatga aylanmoqchi

Olam

image

Finlyandiya o‘z oldiga 2035 yilgacha uglerod gazlaridan holi mamlakat bo‘lishni rejalashtiryapti. Bu haqda mamlakatning Rivojlanish va tashqi savdo vaziri Ville Skinnari Tryomsda “Arktika chegaralari” xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.

“Bizning maqsadimiz – 2035 yilda neytral uglerodli mamlakat bo‘lish. Odamlar va sanoat bilan birgalikda buning imkoni bor. Biz bunga erisha olishimiz va va’damizni bajarishga ishonamiz”, degan vazir.

Xalqaro konferensiyada nutq so‘zlagan vazir Arktikaning dunyodagi roli oshib borayotganini qayd etdi. Shuningdek, bu yerdagi hamkorlik asosida Arktika kengashi va Arktika mamlakatlari borligini eslatdi.

Vazirning aytishicha, Finlyandiya yangi texnologiyalar nuqtai nazaridan ko‘p narsa taklif qilishi mumkin. Mamlakatning Laplandiya provinsiyasi 2030 yilga borib ugleroddan holi bo‘lishni istamoqda. Shu orqali ular boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, iqlim o‘zgarishi biznes uchun imkoniyatlarning ko‘payishini ham anglatadi, biroq kompaniyalar korporativ javobgarlik sohasida o‘z majburiyatlarini bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jiddiy qonunchilik zarur.


Maqola muallifi

Teglar

Finlyandiya uglerod

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing