50 ming so‘mga uyini fohishaxonaga aylantirgan shaxs aniqlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Yashnobod tumanida foxishaxona borligi aniqlangani va 31 yoshli Abdumalik X. 300 ming so‘m evaziga “yolg‘iz qolishni istaganlarga” uyidan joy berargani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 20 noyabr kuni soat 19:00 da Shayxontohur tumanida ham  fohishaxona aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli X.T. 50 ming so‘m evaziga o‘zi ijarada turadigan xonadonni yolg‘iz qolishni xohlovchilarga berib turgan.

Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yashnobod fohishaxona

Baholaganlar

296

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing