Hayot Bank Toshkent shahrida yangi bo‘limni ochdi!

Biznes

image

Hayot Bank jamoasi har biringizga yaqinroq bo‘lish maqsadida butun mamlakat bo‘ylab zamonaviy va qulay bank bo‘limlarini ochish orqali o‘z tarmog‘ini ishonch bilan kengaytirishni davom ettirmoqda.

2025 yil 10 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yangi bank xizmatlari markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimni "Hayot Bank" AJning Kuzatuv kengashi raisi No‘mon O‘tkurovich Sattarov va "Hayot Bank" AJning Boshqaruv raisi Odil Oqilovich Po‘latov birgalikda ochib berdi.

Shuningdek, tadbirda Xitoy Xalq Respublikasidan va Janubiy Koreyadan mehmonlar ishtirok etdi, bu esa strategik hamkorlikni muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Toshkentdagi yangi bank xizmatlari markazi Hayot Bank'ning to‘rtinchi filiali bo‘lib, u jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli zamonaviy moliyaviy yechimlarni taklif qiladi.

Hayot Bank xizmatlarni olish imkoniyati va ularning soddaligi alohida e’tiborni qaratgan holda barcha uchun qulay va foydali yechimlarni taklif qilishga intiladi.

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 120/2
Veb-sahifa: hayotbank.uz
Aloqa markazi: 1320

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Hayot Bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing