HammAli & Navai 10 ming metr balandlikda konsert berdi
Madaniyat-san’at
−
02 mart 2024
6236Rossiyalik qo‘shiqchilar HammAli & Navai va Seville Moskva-Sochi reysi davomida uchayotgan samolyot bortida yo‘lovchilar uchun chiqish qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1-7 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan noodatiy konsertlar “VK Muzika” va “Aeroflot” kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. Ushbu konsert ko‘pgina yo‘lovchilar uchun kutilmagan syurpriz bo‘ldi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan bir soat o‘tgach, san’atkorlar to‘satdan bortda paydo bo‘lib, qo‘shiq kuylagan.
“Bizda hech qachon bunday tajriba bo‘lmagan va bu juda ajoyib bo‘ldi. O‘tgan yili "VK Muzika" bizni metroda kuylashga taklif qilgandi. Endi esa biz osmonda konsert qo‘yyapmiz”, deydi HammAli & Navai.
Shuningdek, samolyotda mashhur blogerlar - Mary Gu, MIA BOYKA, Sabina Xayrova, Yana Churikova va Lev Shaginyan ham bor edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi amerikalik mashhur xonanda Teylor Sviftning konserti uchun La Liganing so‘nggi turidagi o‘yinni boshqa muddatga qoldirishni so‘ragandi.
Rayhona Ulkanboyeva
LiveBarchasi