Ukrainada motam: yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
08 dekabr 2019
6415Bugun 8 dekabr kuni Odessa iqtisodiyot, huquq, mehmonxona va restoran biznesi kollejjida 4 dekabr kuni sodir bo‘lgan yong‘inda o‘n kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
"Yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi", deyiladi rasmiy nashrlar xabarida. Qutqaruvchilar vayronalar ostida yana ikki kishining jasadini topishgan. Oldinroq sakkiz kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, 4 dekabr kuni Odessa iqtisodiyot kollejida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in paytida binoda 400 dan ortiq kishi bo‘lgan. Politsiya yong‘in xavfsizligi talablarini buzish moddasi bo‘yicha sudga qadar tergovni boshlab yubordi. Hozirda ikki gumondor aniqlandi. Voqea sababi hozircha rasman e’lon qilinmadi.
Ukraina Prezidenti Odessa kollejidagi mazkur fojia munosabati bilan 8 dekabrni motam kuni deb e’lon qildi.
Shu kuni butun mamlakat bo‘ylab davlat idoralari binolarida davlat bayrog‘i tushiriladi. Zelenskiy, shuningdek, barcha ko‘ngilochar va konsert tadbirlarini bekor qilishni va televizion va radio dasturlariga o‘zgartirishlar kiritishni buyurdi.
5 va 6 dekabr esa Odessa hukumati tomonidan motam kuni deb e’lon qilindi.
LiveBarchasi