Gvardiola yozda “Siti”ni tark etishi mumkin

Sport

image

“Manchester Siti” klubi ustozi Pep Gvardiola joriy mavsum yakunida “shaharliklar”ni tark etib, “Milan” murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Milan” sport direktori lavozimiga Fabio Paratishi tayinlansa, Gvardiolaning Italiyaga kelishi haqiqatga aylanish mumkin. 

Qayd etilishicha, “rossonerilar” Paratichi bilan kelasi mavsumdan hamkorlik qilish borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. Mish-mishlarga qaramay, hozircha, “Milan”ni boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida “Marsel” ustozi Roberto De Zerbi ko‘rilmoqda. Ammo “rossonerilar” Gvardiola bilan kelishuvga erisha olsa, Italiya klubi De Zerbi variantidan voz kechishga tayyor.

Shuningdek, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) ham Gvardiolani terma jamoa bosh murabbiyligiga jalb qilish niyatida ekani haqida xabarlar tarqaldi. “Pentakameonlar” yaqindagina ishdan bo‘shatilgan Dorival Junior o‘rnini ispaniyalik mutaxassis bilan to‘ldirmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Gvardiola “shaharliklar”ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Pep Gvardiola Milan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing