Gvardiola “Siti” nima uchun YeCHLni yuta olmayotganini aytdi

Sport

image

Kecha, 11 oktyabr kuni “Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Daniyaning “Kopengagen” klubi bilan 0:0 hisobida durrang o‘ynadi. Bahsdan keyin “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi nima uchun YeCHLni yuta olmasligi haqidagi savolga javoban barcha aybni “Real Madrid”ga “ag‘dardi”. Bu haqda Gvardiolaning so‘zlariga tayanib, “Sport” nashri xabar berdi.

“Nega YeCHLni yuta olmaymiz? Chunki “Real Madrid” har doim u yerda o‘ynaydi (kuladi)”, degan ispaniyalik murabbiy.

Qayd etish kerakki, “Real Madrid” va “Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasining 2021-2022 yilgi mavsumida yarim finalda to‘qnash kelgan edi. O‘yindan oldin ko‘pchilik manchesterliklarning imkoniyatini yuqori baholagan. Biroq yakunda “Real” “Manchester Siti”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 6:5 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan. “Qirollik” klubi hal qiluvchi bahsda “Liverpul” ustidan zafar qozonib, 14 karra YeCHLning g‘olibiga aylangan edi.

Ma’lumot uchun, CHLning joriy mavsumida “Manchester Siti” va “Real Madrid” guruhdan chiqish masalasini muddatidan avval hal qildi. 4-tur yakunlanganidan so‘ng, ikki jamoa hisobida 10 ta dan ochko mavjud. Qolgan 2 ta turda qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar “Siti” va “Real” CHLning nimchorak finalida o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Xosep Gvardiola “Manchester Siti”

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made