Gvardiola “Siti”dan ketmoqchi emas

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola 2024/25 yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi javob o‘yinida “Real”ga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan jamoasining yomon o‘yinidan so‘ng klubdagu kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu mag‘lubiyat oqibatida Gvardiola shogirdlari “qaymoqranglilar”ga ikki uchrashuvda umumiy 6:3 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.

“Men qolib, “Manchester Siti”ni boshqarishni davom ettirmoqchiman. Bu mening rejam, bu aniq. “Siti”da ishlashda davom etishga ishonchim komil”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, ayni damda “Manchester Siti” 44 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Ispaniyalik mutaxassis boshqaruvida “shaharliklar” olti karra Angliya chempioni bo‘lgan, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, ikki marta Angliya kubogi, to‘rt marta Liga kubogi va uch marta Superkubokni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gvardiola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing