Gvardiola Sane va Gyundoganning taqdiriga oydinlik kiritdi

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda jamoa tarkibi qanday o‘zgarishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Biz kelasi mavsum uchun tarkibda bir qancha o‘zgarishlar qilishimiz kerak. Ba’zilar maydonga tushish uchun jamoadan ketishni xohlashmoqda. Bu odatiy holat va men buni to‘liq tushunaman. Sane? Biz u bilan shartnoma yana 1,5 yarim yilga uzaytirmoqchimiz. U bizga kerak. Xuddi shunday Gyundogan ham”, deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Leroy Sane va Ilkay Gyundogan bu yilgi mavsumda “shaharliklar” tarkibida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganlari sabab jamoani tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing