Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin
Sport
−
07 dekabr 2023
7166Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola kutilmaganda ingliz klubini tark etish haqida o‘ylab qoldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Angliya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda “shaharliklar” 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng matbuot anjumanida ispaniyalik mutaxassis iste’fosi haqida gapirib qoldi.
“Agar bu mavsumda treblni qo‘lga kiritsak, jamoani tark etish qarorini qabul qilaman. Angliya futboli tarixi va jamoalarning sifatini hisobga olsak, bu juda qiyin ekanligini tushunaman. Aleks Fergyusson qo‘l ostida bu ishni faqat bitta jamoa amalga oshirgan va biz bu muvaffaqiyatni o‘tgan mavsumda ham takrorladik”, deydi murabbiy.
Ma’lumot uchun, Gvardiola “Manchester Siti”ga 2016 yilda kelgandi. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
15 turdan keyin “Manchester Siti” APLda 4-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Arsenal”dan hamon 6 ochko ortda qolmoqda.
LiveBarchasi