Gvardiola FIFA va UEFA’ga shikoyat yo‘lladi

Sport

image

“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Guardiola Angliya Premer-ligasidagi zich taqvimdan noroziligini bildirib uchrashuvlar oralig‘ida ko‘proq dam olish vaqti ajratilishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda u “City Report” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“FIFA va UEFA’ga iltimosim shuki, o‘yinlar orasida kamida to‘rt kun ya’ni, 72 soat tanaffus bo‘lishi kerak. Jadvalni xohlaganingizcha tuzing, biroq biz shanba–seshanba yoki yakshanba–chorshanba kunlari o‘ynay olmaymiz. Shunda o‘yinlar yanada sifatli va qiziqarli bo‘ladi, jarohatlar kamayadi, klublar barqaror rivojlanadi, futbolchilar o‘zini baxtliroq his qiladi. To‘rt-besh oy davom etadigan og‘ir jarohatlar ham kamayadi. Biroq buni amalga oshirish qanchalik murakkab ekanini tushunaman”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, hozirda Pep Gvardiola shogirdlari Angliya Primer-ligasi turnir jadvalida 53 ochko jamg‘argan holda 2-pog‘onada bormoqda. Ular peshqadam “Arsenal”dan 5 ochko ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Prem'er-liga “Manchester Siti” Pep Guardiola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing