Gvardiola Husanovning o‘yinini yuqori baholadi
Sport
−
18 fevral 2025 14371 1 daqiqa
“Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiola Husanovning o‘yiniga yuqori baho berdi. Bu haqda u “Real”ga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Raqib dribling amalga oshirayotganda Husanov tezligi bilan xavfni bartaraf etadi. U juda tez yuguradi. Yakkama-yakka kurashda keskin, ammo foydali o‘ynaydi. Biz Husanovni shuning uchun sotib oldik. Qolganini vaqt ko‘rsatadi va hali o‘rganadigan narsalari juda ko‘p”, deydi Gvardiola.
Ma’lumot o‘rnida, Husanov klub safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Katta ehtimol u Madriddagi o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushadi. Sababi, jamoaning asosiy himoyachisi Manuel Akanji jarohat olib, uzoq vaqtga safdan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Gvardiola “Manchester Siti”ning “Real”ga qarshi javob o‘yini haqida fikr bildirgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025