Gvardiola Husanovning o‘yinini yuqori baholadi

Sport

image

“Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiola Husanovning o‘yiniga yuqori baho berdi. Bu haqda u “Real”ga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Raqib dribling amalga oshirayotganda Husanov tezligi bilan xavfni bartaraf etadi. U juda tez yuguradi. Yakkama-yakka kurashda keskin, ammo foydali o‘ynaydi. Biz Husanovni shuning uchun sotib oldik. Qolganini vaqt ko‘rsatadi va hali o‘rganadigan narsalari juda ko‘p”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida, Husanov klub safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Katta ehtimol u Madriddagi o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushadi. Sababi, jamoaning asosiy himoyachisi Manuel Akanji jarohat olib, uzoq vaqtga safdan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Gvardiola “Manchester Siti”ning “Real”ga qarshi javob o‘yini haqida fikr bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Pep Gvardiola Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing