G‘uzorda er sobiq xotinining ikkita mashinasini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Lacetti va Nexia mashinalari yoqib yuborildi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumandagi Sovbog‘ qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.O. ning sobiq turmush o‘rtog‘i N.S. tungi vaqtda yashash uyiga yashirincha kirgan. Shundan so‘ng, u hovlidagi Lacetti va Nexia rusumli mashinalarni yoqib yuborgan.

Aniqlanishicha, Nexia’ning ikkala old g‘ildiragi, Lacetti’ning motor qismi va bir xonali uyning deraza pardasi yongan. 

Holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Nexia Lacetti G'uzor

Baholaganlar

450

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing