Gözallik standartlari qanday özgardi? Sönggi 75 yildagi barça “koinot gözallari” (foto)

Madaniyat-san’at

−

visibility4205 timer17 daqiqa

image

Joriy yilning 24 noyabr kuni Puerto-Rikoda yubiley – 75-xalqaro “Koinot gözali — 2026” (“Miss Universe – 2026”) gözallik tanlovining finali bölib ötdi. Tanlovda mezbon mamlakat vakilasi Jennifer Barreto ğolib bölgan. 

Final San-Xuan şahridagi “Coliseo de Puerto Rico José Miguel Agrelot” arenasida ötkazilgan. Unvon uçun dunyoning turli mamlakatlari va hududlaridan 116 nafar iştirokçi kuraş olib borgan.

Jennifer Barreto

“Koinot gözali” – 1952 yilda AQŞda asos solingan eng qadimiy yildik xalqaro gözallik tanlovlaridan biri. “CentralAsia” tanlov tarixidagi barça “Koinot gözali” unvoni sohibalarining fotosuratlarini töpladi.

2025 yil: Fotima Boş, Meksika

Fotima Boş

Fotima Boş 2000 yil 19 mayda Tabasko ştatining Vilyaermosa şahrida tuğilgan. Liboslar va moda dizayni sohasida ta’lim olgan. Meksikada va xorijda dizaynni örgangan. Xalqaro tanlovdagi ğalabasiga qadar milliy gözallik tanlovlarida iştirok etgan. “Koinot gözali” tojini qölga kiritgan törtinçi meksikalikka aylandi.

2024: Viktoriya Ker Teylvig, Daniya

Viktoriya Ker Teylvig

Viktoriya Ker Teylvig 2003 yil 13 noyabrda Xerlev şahrida tuğilgan. Tanlovgaça raqs, modellik biznesi va tadbirkorlik bilan şuğullangan. “Koinot gözali” tanlovida ğolib çiqqan birinçi daniyalik bölgan.

2023: Şeynis Palasios, Nikaragua

Şeynis Palasios

Şeynis Palasios 2000 yil 30 mayda Managuada tuğilgan. Markaziy Amerika universitetida kommunikatsiya sohasini örgangan, model va teleboşlovçi bölib işlagan. Unvonni qölga kiritgan birinçi nikaragualik vakilaga aylandi.

2022: Ar'Bonni Gabriel, AQŞ

Ar'Bonni Gabriel

Ar'Bonni Gabriel 1994 yil 20 martda Texas ştatining Xyuston şahrida tuğilgan. Şimoliy Texas universitetini tamomlab, u yerda liboslar va moda dizaynini örgangan. Model va dizayner bölib işlagan, qayta işlangan materiallardan kiyimlar yaratgan. Tojni qölga kiritgan asli filippinlik birinçi amerikalik ayolga aylandi.

2021: Xarnaaz Sandxu, Hindiston

Xarnaaz Sandxu

Xarnaaz Sandxu 2000 yil 3 martda Panjob ştatining Gurdaspur şahrida tuğilgan. Davlat boşqaruvi sohasida ta’lim olgan. Tanlovgaça model bölib işlagan va hind gözallik tanlovlarida qatnaşgan. Ğalabadan söng kino va jamoatçilik faoliyatidagi karerasini davom ettirgan. Tanlovda ğolib çiqqan uçinçi hindistonlik vakila bölgan.

2020: Andrea Mesa, Meksika

Andrea Mesa

Andrea Mesa 1994 yil 13 avgustda Çiuaua şahrida tuğilgan. Çiuaua avtonom universitetida dasturiy injeneriya sohasida ta’lim olgan. Model bölib işlagan, turizmni rivojlantiriş va jamoatçilik taşabbuslarida qatnaşgan. 2020 yilgi tanlov COVID-19 pandemiyasi sababli 2021 yil may oyida ötkazilgan. Mesa unvonni qölga kiritgan uçinçi meksikalik bölgan.

2019: Zozibini Tunsi, JAR

Zozibini Tunsi

Zozibini Tunsi 1993 yil 18 sentyabrda Şarqiy Keyp provinsiyasining Solo şahrida tuğilgan. Jamoatçilik bilan aloqalar sohasida ta’lim olgan. Ğalabaga qadar uşbu sohada işlagan va modellik biznesi bilan şuğullangan. Uning ğalabasi JAR uçun uçinçisi bölgan.

2018: Katriona Grey, Filippin

Katriona Grey

Katriona Grey 1994 yil 6 yanvarda Avstraliyaning Kerns şahrida tuğilgan. Asli kelib çiqişi – Avstraliya-filippin. Musiqa nazariyasini örgangan, modellik biznesi, qöşiqçilik va televideniye sohasida faoliyat yuritgan.

2017: Demi-Li Nel-Peters, JAR

Demi-Li Nel-Peters

Demi-Li Nel-Peters 1995 yil 28 iyunda Sejfild şahrida tuğilgan. Şimoli-Ğarbiy universitetni “biznesni boşqariş” mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Model bölib işlagan va jamoatçilik loyihalari bilan şuğullangan. Ğalabadan söng ayollarni özini himoya qiliş könikmalariga örgatiş va xavfsizligini oşirişga qaratilgan taşabbuslarni yölga qöygan.

2016: Iris Mittenar, Fransiya

Iris Mittenar

Iris Mittenar 1993 yil 25 yanvarda Lill şahrida tuğilgan. Lill universitetida stomatologiyani örgangan. Tanlovgaça modellik faoliyati bilan şuğullangan. Ğalabadan söng teleboşlovçi bölgan, teleloyihalarda iştirok etgan va moda hamda köngiloçar sohadagi karerasini davom ettirgan. Unvonni qölga kiritgan ikkinçi fransiyalik ayol bölgan.

2015: Pia Vyursbax, Filippin

Pia Vyursbax 1989 yil 24 sentyabrda Germaniyaning Ştutgart şahrida tuğilgan. Filippinda ulğaygan. Model, aktrisa va teleboşlovçi bölib işlagan, şuningdek, vizaj bilan şuğullangan. Tojni qölga kiritganidan söng televideniye va xayriya loyihalaridagi işini davom ettirgan.

2014: Paulina Vega, Kolumbiya

Paulina Vega

Paulina Vega 1993 yil 15 yanvarda Barrankilyada tuğilgan. Biznesni boşqarişni örgangan. Tanlovgaça model bölib işlagan va milliy tadbirlarda qatnaşgan. Ğalabadan söng teleboşlovçi bölib işlagan va jamoatçilik kampaniyalarida qatnaşgan.

2013: Gabriela Isler, Venesuela

Gabriela Isler

Gabriela Isler 1988 yil 21 martda Venesuelaning Valensiya şahrida tuğilgan. Nemis ildizlariga ega. Model va teleboşlovçi bölib işlagan, xalqaro tanlovgaça milliy gözallik bellaşuvlarida iştirok etgan. Ğalabadan söng jamoatçilik faoliyati va ayollarni qöllab-quvvatlaş loyihalari bilan şuğullangan.

2012: Oliviya Kalpo, AQŞ

Oliviya Kalpo 1992 yil 8 mayda Rod-Aylend ştatining Krenston şahrida tuğilgan. Violonçel çalişni örgangan va musiqiy jamoalarda çiqiş qilgan. “Koinot gözali”dagi ğalabaga qadar “Miss AQŞ” unvonini olgan. Tanlovdan söng model, aktrisa, teleboşlovçi va tadbirkor bölgan.

2011: Leyla Lopes, Angola

Leyla Lopes

Leyla Lopes 1986 yil 26 fevralda Bengela şahrida tuğilgan. Buyuk Britaniyada ta’lim olib, u yerda biznes boşqaruvini örgangan. Ğalabaga qadar modellik biznesi bilan şuğullangan va milliy tanlovlarda qatnaşgan. “Koinot gözali” unvonini qölga kiritgan birinçi angolalik vakila bölgan.

2010: Ximena Navarrete, Meksika

 Ximena Navarrete

Ximena Navarrete 1988 yil 22 fevralda Gvadalaxarada tuğilgan. Tanlovgaça model bölib işlagan va milliy gözallik bellaşuvlarida qatnaşgan. Ğalabadan söng modellik biznesi, televideniye va kinodagi karerasini davom ettirgan.

2009: Stefaniya Fernandes, Venesuela

Stefaniya Fernandes 1990 yil 4 sentyabrda Meridada tuğilgan. Ğalabaga qadar modellik biznesi bilan şuğullangan va milliy gözallik tanlovlarida qatnaşgan. “Koinot gözali” tojini qölga kiritgan ketma-ket ikkinçi venesuelalik bölgan.

2008: Dayana Mendosa, Venesuela

Dayana Mendosa

Dayana Mendosa 1986 yil 1 iyunda Karakasda tuğilgan. Model bölib işlagan. Tojni qölga kiritganidan söng modellik karerasini davom ettirgan va televizion loyihalar iştirokçisi bölgan.

2007: Riyo Mori, Yaponiya

Riyo Mori

Riyo Mori 1986 yil 24 dekabrda Sidzuoka şahrida tuğilgan. Bolaligidan raqs bilan şuğullangan, xoreografiyani örgangan va sahnada çiqiş qilgan. Tanlovdagi ğalabaga qadar raqqosa va model bölib işlagan. Unvonni olganidan söng raqs san’ati va öqituvçilik bilan şuğullanişda davom etgan.

2006: Suleyka Rivera, Puerto-Riko

Suleyka Rivera

Suleyka Rivera 1987 yil 3 oktyabrda Kaguas şahrida tuğilgan. Yoşligidan gözallik tanlovlarida qatnaşgan. Ğalabadan söng aktrisa, teleboşlovçi va model bölgan.

2005: Natalya Glebova, Kanada

Natalya Glebova

Natalya Glebova 1981 yil 11 noyabrda Rossiyaning Tuapse şahrida tuğilgan. Bolaligida oilasi bilan Kanadaga köçib ötgan. Axborot texnologiyalari va menejmentni örgangan. Tanlovgaça model bölib işlagan va reklama loyihalarida qatnaşgan. Ğalabadan söng xayriya, biznes va jamoatçilik faoliyati bilan şuğullangan.

2004: Jennifer Xokins, Avstraliya

Jennifer Xokins

Jennifer Xokins 1983 yil 22 dekabrda Xolmsvill şahrida tuğilgan. Ğalabaga qadar model bölib işlagan va raqs bilan şuğullangan. Unvonni olganidan söng teleboşlovçi va tadbirkor bölgan.

2003: Ameliya Vega, Dominikan Respublikasi

Ameliya Vega

Ameliya Vega 1984 yil 7 noyabrda Santo-Domingoda tuğilgan. Modellik karerasidan taşqari, musiqa va aktyorlik mahorati bilan şuğullangan. Ğalabadan söng aktrisa, qöşiqçi va teleboşlovçi bölgan.

2002: Jastin Pasek, Panama

Jastin Pasek

Jastin Pasek 1979 yil 29 avgustda Ukrainaning Xarkov şahrida tuğilgan. Bolaligida oilasi bilan Panamaga köçib ötgan. Model bölib işlagan va milliy gözallik tanlovlarida qatnaşgan. Dastlab 2002 yilgi tanlov ğolibasi rossiyalik Oksana Fyodorova bölgan, biroq u unvondan mahrum etilganidan söng toj Pasekka ötgan. Şundan söng, u modellik biznesi bilan şuğullangan.

2001: Deniz Kinones, Puerto-Riko

Deniz Kinones

Deniz Kinones 1980 yil 9 sentyabrda Ponse şahrida tuğilgan. Tanlovgaça kommunikatsiya sohasini örgangan va modellik biznesi bilan şuğullangan. Ğalabadan söng kino, teatr va televideniyedagi karerasini davom ettirgan.

2000: Lara Datta, Hindiston

Lara Datta

Lara Datta 1978 yil 16 aprelda Uttar-Pradeş ştatining Gaziabad şahrida tuğilgan. Iqtisodiyot va kommunikatsiya sohasini örgangan. Xalqaro ğalabaga qadar “Miss Hindiston” unvonini olgan. Tanlovdan söng Bollivudning taniqli aktrisasiga aylangan, kinoda suratga tuşgan va televizion loyihalarda qatnaşgan.

1999: Mpule Kvelagobe, Botsvana

Mpule Kvelagobe

Mpule Kvelagobe 1979 yil 14 noyabrda Gaborone şahrida tuğilgan. “Koinot gözali” tanlovida ğolib çiqqan birinçi botsvanalik vakila bölgan. Tanlovdan söng jamoatçilik va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullangan. Asosiy e’tiborni soğliqni saqlaş, OIV/OITS profilaktikasi va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş masalalariga qaratgan. Yoşlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlovçi jamğarma taşkil etgan.

1998: Vendi Fitsvilyam, Trinidad va Tobago

 Vendi Fitsvilyam

Vendi Fitsvilyam 1972 yil 10 oktyabrda Diyego-Martin şahrida tuğilgan. Yuridik ma’lumot olgan, model bölib işlagan. Ğalabadan söng xayriya bilan şuğullangan, bolalar va ayollarga yordam dasturlarini qöllab-quvvatlagan.

1997: Bruk Li, AQŞ

Bruk Li 1971 yil 8 yanvarda Gavayi ştatining Pyorl-Siti şahrida tuğilgan. Koreys, xitoy, portugal va amerika ildizlariga ega. Kommunikatsiya sohasini örgangan va model bölib işlagan. Ğalabadan söng teleboşlovçi, aktrisa va turli televizion loyihalar iştirokçisi bölgan.

1996: Alisiya Maçado, Venesuela

Alisiya Maçado

Alisiya Maçado 1976 yil 6 dekabrda Marakay şahrida tuğilgan. Tanlovgaça modellik biznesi va aktyorlik mahorati bilan şuğullangan. Ğalabadan söng kino, televideniye va musiqa industriyasida karera qurgan.

1995: Çelsi Smit, AQŞ

Çelsi Smit

Çelsi Smit 1973 yil 23 avgustda Kaliforniya ştatining Redvud-Siti şahrida tuğilgan. Texasda ulğaygan. Tanlovgaça modellik biznesi bilan şuğullangan va iştirok etgan. Ğalabadan söng aktrisa, qöşiqçi va teleboşlovçi bölib işlagan. 2018 yilda onkologik kasallikka qarşi uzoq davom etgan kuraşdan söng vafot etgan.

1994: Suşmita Sen, Hindiston

Suşmita Sen 1975 yil 19 noyabrda Haydarobodda tuğilgan. Ğalabaga qadar model bölib işlagan. “Koinot gözali” unvonini qölga kiritgan birinçi hindistonlik vakila bölgan. Tanlovdan söng Bollivudda karera qurgan, filmlar va seriallarda suratga tuşgan.

1993: Dayanara Torres, Puerto-Riko

Dayanara Torres

Dayanara Torres 1974 yil 28 oktyabrda San-Xuan şahrida tuğilgan. Modellik karerasini ösmirlik çoğida boşlagan. Ğalabadan söng aktrisa, qöşiqçi va teleboşlovçi bölgan.

1992: Mişel Maklin, Namibiya

Mişel Maklin 1972 yil 30 iyulda Uolfiş-Bey şahrida tuğilgan. Unvonni qölga kiritgan birinçi namibiyalik vakila bölgan. Tanlovdan söng modellik biznesi, televideniye va jamoatçilik loyihalari bilan şuğullangan.

1991: Lupita Jons, Meksika

 Lupita Jons

Lupita Jons 1967 yil 6 sentyabrda Mexikali şahrida tuğilgan. Biznesni boşqarişni örgangan. Ğalabadan söng Meksikada gözallik tanlovlari industriyasini rivojlantiriş bilan şuğullangan, prodyuser va milliy bellaşuvlar taşkilotçisi bölgan. Uzoq yillar davomida Meksikaning “Koinot gözali” taşkilotini boşqargan.

1990: Mona Grudt, Norvegiya

Mona Grudt

Mona Grudt 1971 yil 6 aprelda Xell şahrida tuğilgan. Ğalabaga qadar modellik biznesi bilan şuğullangan. Tojni qölga kiritgan birinçi va hozirça yagona norvegiyalik vakila bölgan. Tanlovdan söng model, teleboşlovçi va jurnalist bölib işlagan.

1989: Anjela Visser, Niderlandiya

Anjela Visser

Anjela Visser 1966 yil 18 oktyabrda Nordveykerxut şahrida tuğilgan. Tanlovgaça model bölib işlagan va xalqaro tanlovlarda qatnaşgan. Unvonni olganidan söng AQŞga köçib ötgan va u yerda aktrisa hamda teleboşlovçi sifatida karera qurgan.

1988: Porntip Nakxirunaknok, Tailand

Porntip Nakxirunaknok 1968 yil 5 fevralda Bangkokda tuğilgan. Bolaligida oilasi bilan AQŞga köçib ötgan. Ğalabadan söng xayriya faoliyati, xususan, tabiiy ofatlardan jabr körgan bolalar va oilalarga yordam beriş orqali tanilgan.

1987: Sesiliya Bolokko, Çili

Sesiliya Bolokko

Sesiliya Bolokko 1965 yil 19 mayda Santyagoda tuğilgan. Dizayn va kommunikatsiya sohasida ta’lim olgan. Ğalabadan söng Çilining eng maşhur teleboşlovçilaridan biriga aylangan, jurnalist va aktrisa bölib işlagan.

1986: Barbara Palasios, Venesuela

Barbara Palasios

Barbara Palasios 1963 yil 9 dekabrda Ispaniyaning Madrid şahrida, venesuelaliklar oilasida tuğilgan. Venesuelada ulğaygan. Ğalabadan söng modellik biznesi, televideniye va tadbirkorlik bilan şuğullangan.

1985: Debora Karti-Dyu, Puerto-Riko

 Debora Karti-Dyu

Debora Karti-Dyu 1966 yil 5 dekabrda Kayey şahrida tuğilgan. Tanlovgaça modellik biznesi bilan şuğullangan va milliy bellaşuvlarda qatnaşgan. Ğalabadan söng teleboşlovçi va aktrisa bölib işlagan.

1984: Ivonn Ryuding, Şvetsiya

Ivonn Ryuding

Ivonn Ryuding 1962 yil 14 dekabrda Eskilstuna şahrida tuğilgan. Tanlovgaça hamşiralik işini örgangan va futbol bilan şuğullangan. Ğalabadan söng model, teleboşlovçi va tadbirkor bölgan. Şaxsiy kosmetika va teri parvarişi vositalari liniyasini yölga qöygan.

1983: Lorreyn Dauns, Yangi Zelandiya

Lorreyn Dauns

Lorreyn Dauns 1964 yil 12 iyunda Oklendda tuğilgan. Tanlovgaça modellik biznesi va raqs bilan şuğullangan. Ğalabadan söng moda industriyasidagi karerasini davom ettirgan, tadbirkor va teleboşlovçi bölgan.

1982: Karen Bolduin, Kanada

Karen Bolduin

Karen Bolduin 1963 yil 6 sentyabrda Ontario provinsiyasining London şahrida tuğilgan. Ğalabaga qadar model bölib işlagan. Tanlovdan söng televideniye, jamoat tadbirlari va xayriya loyihalari bilan şuğullangan.

1981: Iren Saes, Venesuela

Iren Saes

Iren Saes 1961 yil 13 dekabrda Karakasda tuğilgan. Siyosatşunoslik sohasida ta’lim olgan. Ğalabadan söng siyosatda karera qurgan. Çakao munitsipaliteti meri bölgan, keyinçalik esa 1998 yilda Venesueladagi prezident saylovlarida iştirok etgan.

1980: Şon Uezerli, AQŞ

Şon Uezerli

Şon Uezerli 1959 yil 24 iyulda Kentukki ştatining Sammerfild şahrida tuğilgan. Tanlovgaça aktyorlik mahoratini örgangan va model bölib işlagan. Ğalabadan söng kino va televizion loyihalarda suratga tuşgan.

1979: Maritsa Sayalero, Venesuela

Maritsa Sayalero

Maritsa Sayalero 1961 yil 16 fevralda Karakasda tuğilgan. Tanlovgaça modellik biznesi bilan şuğullangan. Ğalabadan söng dizayner va tadbirkor bölib işlagan hamda televizion loyihalarda qatnaşgan.

1978: Margaret Gardiner, JAR

Margaret Gardiner

Margaret Gardiner 1959 yil 21 avgustda Keyptaunda tuğilgan. Jurnalistika sohasida ta’lim olgan va ommaviy axborot vositalarida işlagan. Ğalabadan söng jurnalist, yozuvçi va teleboşlovçi bölgan. Keyinçalik taniqli şaxslardan intervyu oliş bilan şuğullangan va Amerika OAVda işlagan.

1977: Janel Komissiong, Trinidad va Tobago

Janel Komissiong

Janel Komissiong 1953 yil 15 iyunda Port-of-Speynda tuğilgan. “Koinot gözali” tanlovida ğolib çiqqan birinçi qora tanli ayol bölgan. Ğalabadan söng jamoatçilik faoliyati bilan şuğullangan, teng huquqlilik va ayollar imkoniyatlarini kengaytiriş tarafdori bölgan.

1976: Rina Messinger, Isroil

Rina Messinger

Rina Messinger 1956 yil 16 fevralda Kiryat-Tivonda tuğilgan. “Koinot gözali” unvonini qölga kiritgan birinçi isroillik bölgan. Tanlovdan söng jamoatçilik bilan aloqalar sohasida işlagan, keyinçalik Tel-Aviv universitetida yuridik ma’lumot olgan. Şuningdek, Niderlandiyada oila huquqi sohasida magistr darajasini olgan va yurist bölgan.

1975: Anne-Mari Poxtamo, Finlyandiya

Anne-Mari Poxtamo

Anne-Mari Poxtamo 1955 yil 15 avgustda Xelsinkida tuğilgan. Tanlovgaça modellik biznesi bilan şuğullangan. Ğalabadan söng Nyu-Yorkda model bölib işlagan, kinoda suratga tuşgan va aktyorlik faoliyati bilan şuğullangan. Keyinçalik diniy voiz va lektor bölgan.

1974: Amparo Munos, Ispaniya

Amparo Munos

Amparo Munos 1954 yil 21 iyunda Veles-Malaga şahrida tuğilgan. “Koinot gözali” unvonini olgan birinçi ispaniyalik ayol bölgan. Ğalabadan söng aktrisalik karerasini qurgan, filmlarda suratga tuşgan. Keyinçalik tojdan voz keçgan, biroq rasman unvon uning nomida saqlanib qolgan. 2011 yilda vafot etgan.

1973: Margi Moran, Filippin

Margi Moran

Margi Moran 1953 yil 15 sentyabrda Manilada tuğilgan. Kommunikatsiya sohasida ta’lim olgan va modellik biznesi bilan şuğullangan. Ğalabadan söng prodyuser, jamoat arbobi va metsenat bölgan.

1972: Kerri Enn Uells, Avstraliya

Kerri Enn Uells

Kerri Enn Uells 1951 yil 25 sentyabrda Pertda tuğilgan. “Koinot gözali” unvonini qölga kiritgan birinçi avstraliyalik bölgan. Ğalabadan söng model, kiyim dizayneri, jurnalist va teleboşlovçi bölib işlagan.

1971: Jorjina Rizk, Livan

Jorjina Rizk

Jorjina Rizk 1953 yil 3 yanvarda Bayrutda tuğilgan. Modellik karerasini yoşligida boşlagan. “Koinot gözali” tanlovida ğolib çiqqan Livan va arab dunyosining birinçi va yagona vakilasi bölgan. Ğalabadan söng moda olamida taniqli şaxs bölib qolgan.

1970: Marisol Malyaret, Puerto-Riko

Marisol Malyaret

Marisol Malyaret 1949 yil 13 oktyabrda Utuado şahrida tuğilgan. Tojni qölga kiritgan birinçi puerto-rikolik vakila bölgan. Tanlovdan söng teleboşlovçi, jurnalist va jamoat arbobi bölib işlagan.

1969: Gloriya Dias, Filippin

Gloriya Dias

Gloriya Dias 1951 yil 10 martda Keson-Siti şahrida tuğilgan. “Koinot gözali” tanlovida ğolib çiqqan birinçi filippinlik ayol bölgan. Ğalabadan söng kino va televideniyeda karera boşlagan, Filippin filmlari va seriallarida suratga tuşgan.

1968: Marta Vaskonsellos, Braziliya

Marta Vaskonsellos

Marta Vaskonsellos 1948 yil 18 iyunda Salvador şahrida tuğilgan. Unvonni qölga kiritgan ikkinçi braziliyalik vakila bölgan. Ğalabadan söng model bölib işlagan va jamoat tadbirlarida qatnaşgan.

1967: Silviya Xiçkok, AQŞ

Silviya Xiçkok

Silviya Xiçkok 1946 yil 31 yanvarda Massaçusets ştatining Xaverill şahrida tuğilgan. Alabama universitetida öqib, u yerda san’atni örgangan. Tanlovgaça modellik biznesi bilan şuğullangan. Ğalabadan söng moda industriyasidagi işini davom ettirgan va jamoat tadbirlarida qatnaşgan. 2015 yilda vafot etgan.

1966: Margareta Arvidsson, Şvetsiya

Margareta Arvidsson 1947 yil 12 oktyabrda Gyoteborgda tuğilgan. “Koinot gözali” unvonini olgan ikkinçi şvetsiyalik ayol bölgan. Ğalabadan söng xalqaro model bölib işlagan, Ford Models bilan hamkorlik qilgan. Şuningdek, kinoda ham özini sinab körgan.

1965: Apasra Xongsakula, Tailand

Apasra Xongsakula 1947 yil 16 yanvarda Bangkokda tuğilgan. Tojni qölga kiritgan birinçi tailandlik vakila bölgan. Gumanitar fanlar sohasida ta’lim olgan. Ğalabadan söng jamoatçilik faoliyati bilan şuğullangan, moda va biznes sohasida işlagan.

1964: Korinna Sopei, Gretsiya

Korinna Sopei 1944 yil 21 iyunda Afinada tuğilgan. Unvonni olgan birinçi gretsiyalik ayol bölgan. Tanlovdan söng model va aktrisa sifatida karera qurgan, Amerika va Yevropa filmlarida suratga tuşgan.

1963: Ieda Mariya Vargas, Braziliya

 Ieda Mariya Vargas

Ieda Mariya Vargas 1944 yil 31 dekabrda Portu-Alegrida tuğilgan. “Koinot gözali” tanlovida ğolib çiqqan birinçi braziliyalik ayol bölgan. Tanlovdan söng model, teleboşlovçi va tadbirkor bölib işlagan. 2022 yilda vafot etgan.

1962: Norma Nolan, Argentina

Norma Nolan

Norma Nolan 1938 yil 22 aprelda Venado-Tuerto şahrida tuğilgan. Tanlovda ğolib çiqqan Argentinaning birinçi va hozirça yagona vakilasi bölgan. Ğalabadan söng modellik karerasini davom ettirgan. 1966 yilda turmuşga çiqqan, vaqt ötişi bilan ommaviy hayotdan uzoqlaşgan va OAVda kam körina boşlagan.

1961: Marlen Şmidt, Germaniya

Marlen Şmidt

Marlen Şmidt 1937 yil 16 sentyabrda Breslau şahrida (hozirgi Vrotslav, Polşa) tuğilgan. Unvonni qölga kiritgan birinçi germaniyalik vakila bölgan. Ğalabadan söng model va aktrisa bölib işlagan, keyinçalik tadbirkorlik bilan şuğullangan. Keyinroq AQŞga köçib ötgan.

1960: Linda Bement, AQŞ

Linda Bement

Linda Bement 1941 yil 2 noyabrda Yuta ştatining Solt-Leyk-Siti şahrida tuğilgan. Tanlovda ğolib çiqqan uçinçi amerikalik ayol bölgan. Ğalabadan söng model bölib işlagan va jamoat tadbirlarida qatnaşgan. San’at, qöl mehnati va hayvonlarni himoya qilişga qiziqişi bilan tanilgan. 2018 yilda vafot etgan.

1959 yil: Akiko Kodzima, Yaponiya

Akiko Kodzima

Akiko Kodzima 1936 yil 29 oktyabrda Tokioda tuğilgan. “Koinot gözali” unvonini qölga kiritgan birinçi yaponiyalik va birinçi osiyolik ayol bölgan. Ğalabadan söng model bölib işlagan va reklama loyihalarida suratga tuşgan. 1966 yilda yaponiyalik aktyor Akira Takaradaga turmuşga çiqqan. Keyinçalik ommaviy faoliyatdan uzoqlaşgan.

1958 yil: Lus Marina Suluaga, Kolumbiya

Lus Marina Suluaga

Lus Marina Suluaga 1938 yil 31 oktyabrda Pereyra şahrida tuğilgan. Tojni qölga kiritgan birinçi kolumbiyalik ayol bölgan. Ğalabadan söng milliy maşhur şaxsga aylangan, jamoatçilik va xayriya loyihalarida qatnaşgan. Turizm sohasida işlagan, jamoat lavozimlarini egallagan va Qizil Xoç bilan hamkorlik qilgan. 2015 yilda vafot etgan.

1957 yil: Gledis Sender, Peru

Gledis Sender

Gledis Sender 1939 yil 19 oktyabrda Limada tuğilgan. “Koinot gözali” tanlovida ğolib çiqqan birinçi perulik vakila bölgan. Tanlovdan söng öz mamlakatida keng şuhrat qozongan, modellik faoliyati bilan şuğullangan.

1956 yil: Kerol Morris, AQŞ

Kerol Morris

Kerol Morris 1936 yil 8 aprelda Nebraska ştatining Omaxa şahrida tuğilgan. Ğalabaga qadar suziş bilan şuğullangan, qutqaruvçi bölgan va Dreyk universitetida pedagogikani örgangan. Şuningdek, skripkani yaxşi çalgan va simfonik orkestr bilan çiqiş qilgan. Ğalabadan söng model va aktrisa bölib işlagan, filmlar va televizion loyihalarda suratga tuşgan.

1955 yil: Xillevi Rombin, Şvetsiya

Xillevi Rombin

Xillevi Rombin 1933 yil 14 sentyabrda Uppsalada tuğilgan. Tanlovgaça yengil atletika bilan şuğullangan, önkuraş böyiça Şvetsiya çempioni bölgan, gimnastika va toğ çanğisiga qiziqqan. Şuningdek, beşta tilni bilgan. Ğalabadan söng özini aktyorlik kasbida sinab körgan, kinoda suratga tuşgan. 1996 yilda turmuş örtoği va öğli bilan birga aviahalokatda vafot etgan.

1954 yil: Miriam Stivenson, AQŞ

Miriam Stivenson

Miriam Stivenson 1933 yil 4 iyulda Janubiy Karolina ştatining Uinsboro şahrida tuğilgan. Tanlov ta’sis etilganidan söng unvonni olgan birinçi amerikalik ayol bölgan. Lander universitetida öqigan. Ğalabadan söng model, aktrisa va teleboşlovçi bölib işlagan.

1953 yil: Kristian Martel, Fransiya

Kristian Martel

Kristian Martel 1935 yil 18 yanvarda Nansi şahrida tuğilgan. “Koinot gözali” unvonini qölga kiritgan birinçi fransiyalik ayol bölgan. Ğalabadan söng aktyorlik karerasini boşlagan, Fransiya, Meksika va Amerika filmlarida suratga tuşgan.

1952 yil: Armi Kuusela, Finlyandiya

Armi Kuusela 1934 yil 20 avgustda Finlyandiyaning Muxos şahrida tuğilgan. Tarixda “Koinot gözali” unvonining birinçi sohibasi bölgan. Ğalaba qozongan paytida 17 yoşda bölgan. Xalqaro tanlovga qadar “Miss Finlyandiya” milliy bellaşuvida ğolib çiqqan. Ğalabadan söng “Dunyodagi eng gözal qiz” nomli fin filmida suratga tuşib, özini özi gavdalantirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing