Guterrish yadro qurolidan foydalanish tahdidi haqida ogohlantirdi
Olam
−
06 avgust
5256Dunyo yana yadro qurolidan foydalanishning haqiqiy tahdidiga duch keldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xirosima va Nagasaki atom bombasining 79 yilligiga bag‘ishlangan murojaatida ma’lum qildi.
“Yadro quroli va ulardan foydalanish tahdidlari nafaqat tarix kitoblari sahifalarida. Bunday kundalik ritorika xalqaro munosabatlardagi vaziyat fonida yana bir bor o‘zini namoyon qilmoqda", deydi Bosh kotib.
Guterrish yadro urushida g‘olib bo‘lishi mumkin emasligini va uni hech qanday sharoitda boshlash mumkin emasligini ta’kidladi.
Uning aytishicha, bir qator davlatlar ogohlantirishlarga qaramay, yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilishda davom etmoqda. BMT Bosh kotibi jahon hamjamiyati bunday nomaqbul xatti-harakatlarni qoralashi kerakligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 1945 yil avgust oyida Xirosima va Nagasaki shaharlarini Amerika tomonidan atom bombasi bilan bombardimon qilinishi oqibatida deyarli 210 ming kishi qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi