Guterrish yadro bo‘yicha muloqotga chaqirmoqda
Olam
−
05 yanvar 2022
3284Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish jahon tashkilotining barcha mamlakatlarini yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha muloqotga chaqirmoqda. Bu haqda Bosh kotibning Matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
“Bosh kotib yadro qurolining to‘liq yo‘q qilinishini istashini aniq aytdi va u o‘z bayonotida ta’kidlaganidek, buning uchun yadro quroliga ega davlatlar va BMTning boshqa barcha davlatlari ishtirokida muloqot zarur”, degan u.
Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma 1968 yilda imzolangan. U Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy, Fransiya va AQSHning yadroviy arsenallarini qonuniylashtirib, ushbu davlatlar uchun yadroviy kuchlar maqomini ta’minladi. Hujjatni imzolagan boshqa davlatlar ommaviy qirg‘in qurolini yaratish yoki sotib olish huquqidan mahrum. Hozirda 190 dan ortiq davlat shartnomada ishtirok etmoqda. Hindiston, Pokiston va Isroil shartnomadan tashqarida qolmoqda. 2003 yil yanvar oyida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi shartnomadan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, dunyoning beshta yadroviy kuchga ega mamlakatlari AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy va Fransiya joriy yilning oxirida yadroviy qurollar tarqalishining oldini olish va yadro urushlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolaydi.