Guterrish G20 sammitini ushalmagan umidlar bilan tark etdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish G20 sammiti uning umidlarini oqlamaganini ma’lum qildi.

“Men G20 ning global yechimlar bo‘yicha yangilangan majburiyatini olqishlayotgan bo‘lsam-da, Rimdan amalga oshmagan umidlar bilan ketyapman, lekin hech bo‘lmaganda ular ko‘milmagan”, deb yozgan Guterrish Twitter sahifasida.

G20 davlatlari yakuniy bayonotida global isishni 1,5 darajada saqlab qolilsh uchun harakat qilishini tasdiqlagan.

“1,5 darajali marrani saqlab qolish, shu bilan birga, odamlar va sayyora uchun moliyalash hamda ko‘niktirish bo‘yicha va’dalarni bajarish uchun Glazgodagi COP26 konferensiyasiga olg‘a”, degan Guterrish.

G20 davlatlari 1,5 darajalik iqlim o‘zgarishining oqibatlari 2 darajaga qaraganda ancha past ekanligini tan oldi. Kommyunikeda aytilishicha, isishni 1,5 darajada ushlab turish barcha mamlakatlardan samarali harakat va majburiyatlarni talab qiladi.

Ma’lumot uchun, 31 oktyabrdan 12 noyabrgacha Glazgo shahrida Buyuk Britaniya tomonidan Italiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (COP26) ishtirokchilarining 26-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda 200 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Anjumanda issiqxona chiqindilarini kamaytirish va uglerod neytralligiga erishish masalalariga bag‘ishlangan qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Jahon yetakchilari ishtirokidagi sammitning asosiy dasturi 1-2 noyabr kunlariga mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT iqlim

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing