Guterrish HAMASni garovdagilarni ozod qilishga chaqirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Falastin-Isroil mojarosida ishtirok etayotgan tomonlarni tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga, HAMAS harakatini esa garovdagilarni ozod qilish jarayonini davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda u X'dagi sahifasida yozdi.

“Men HAMASni garovdagilarni ozod qilishni rejalanganidek davom ettirishga chaqiraman. Har ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishi va jiddiy muzokaralarni davom ettirishi kerak”, deydi Guterrish.

BMT Bosh kotibining ta’kidlashicha, mojaro tomonlari va vositachilar G‘azo sektorida qarama-qarshilikning yangi bosqichidan “qanday bo‘lmasin” qochishlari kerak, chunki urushning qayta boshlanishi “katta fojia” bilan tahdid qilmoqda.

Ma’lumki, 10 fevral kuni HAMAS harbiy qanoti matbuot kotibi Abu Ubayda harakat G‘azo sektorida garovga olingan va 15 fevral kuni vataniga qaytishi kerak bo‘lgan yangi guruhni ozod qilish jarayonini keyinga surganini ma’lum qildi. HAMASning fikricha, Isroil “anklav janubidan shimolga ko‘chirilganlarni qaytarishni kechiktirib, G‘azoga qarata o‘t ochgan va barcha turdagi insonparvarlik yordamlarini kerakli miqdorda yetkazib bera olmaganida” kelishuv shartlarini buzgan.

G‘azo sektorida sulh 19 yanvardan kuchga kirdi. Kelishuvlarga muvofiq, birinchi bosqichni amalga oshirish 42 kun davom etadi. Bu vaqt ichida HAMAS Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik mahbuslar evaziga kamida 33 nafar garovga olinganlarni ozod qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 11 fevral AQSH Prezidenti Donald Tramp HAMAS harakatidan barcha isroillik garovga olinganlarni 15 fevral kuni tushgacha ozod qilishni talab qilgan va uning aytgani bo‘lmasa, HAMASga  “jahannam” bilan tahdid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing