Go‘sht qimmatladi, tarvuz arzonladi. Iste’mol narxlari indeksi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha darajasi 0,3 foizga pasaygan. Ayrim turdagi mahsulotlar narxi oshgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yilning iyul oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan transport narxlari 8,5 foizga, ta’lim sohasidagi xizmatlar 3,8 foizga, sog‘liqni saqlash 3,7 foizga qimmatlagan.

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 10,5 foizni tashkil etgan. Xususan: go‘sht mahsulotlari narxi iyulda 1,5 foizga, dori-darmonlar narxi 2,2 foizga ko‘tarilgan.

Meva-sabzavot tarkibi bo‘yicha bir oy ichida eng arzonlagan mahsulot tarvuz (-43,5 foiz). Shuningdek, pomidor (-40,7 foiz), baqlajon (-35,8 foiz), qovun (-31,3 foiz), bodring (-11,9 foiz) narxi tushgan.

Narxlar indeksidagi yuqori oshish asosan yoqilg‘i-energetika sohasida kuzatilgan. Benzin o‘tgan yilgi shu davrga nisbatan 20 foizga, propan 16,8 foizga, metan esa 36,9 foizga qimmatlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Go'sht tarvuz narxlari indeksi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing