Gurlanga ham yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 8 avgust kuni xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Ruslan Hojibayevich O‘razboyev tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘razboyev 1979 yilda tug‘ilgan, 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 avgust kuni Furqat, Toshkent, Mingbuloq, Qorao‘zak, Taxiatosh va Yangiariq tumanlari hamda  G‘ozg‘on shahriga yangi hokimlar tayinlangandi. Mazkur hududlarning oldingi hokimlarini, shuningdek, Yangiariqning oldingi hokimini ham ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qo‘llab-quvvatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm viloyati Gurlan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing