Gumanitar yordam yuklangan 50 ta mashina G‘azoga o‘tdi – OAV 

Olam

image

G‘azo sektori aholisi uchun gumanitar yordam olib ketayotgan 50 yuk mashinasidan iborat karvon Misr chegarasida joylashgan Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali Falastin anklaviga qarab yo‘l oldi. Bu haqda “Sada al-Balad” axborot portali xabar berdi.

Unga ko‘ra, gumanitar yordam olib ketayotgan avtomashinalar avvalo Al-Uja nazorat-o‘tkazish punktiga (Isroil tomonida – Nitsana nazorat punkti) ko‘rikdan o‘tish uchun boradi, so‘ngra Falastin sektoriga yo‘l oladi.

Bu Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali G‘azo sektorining janubiy qismiga favqulodda yordam yetkazilgan 11-karvondir. Misr Qizil Yarim Oy Jamiyati bundan oldin G‘azoga falastinliklar uchun yordam sifatida 241 ta mashina jo‘natilganini bildirgan.

Misr TIV vakili Ahmad Abu Zayd Isroil tomonidan yaratilgan to‘siqlar yordamning Falastin anklaviga yetib borishini qiyinlashtirayotganini ma’lum qilgan. Abu Zaydning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoga ketayotgan barcha yuklar Isroilning Nitsana nazorat-o‘tkazish punktida belgilangan manzilga yetib borishidan oldin tekshirilishi kerak, bu esa yo‘nalishni taxminan 100 kmga uzaytiradi. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi vakili Isroil tomonida byurokratik kechikishlarga ishora qilgan.

“Isroil tomoni haddan tashqari jiddiylik ko‘rsatmoqda va siyosiy bahonalar yoki xayoliy xavfsizlik sabablari bilan insonparvarlik yordamining katta qismini olib kirishni rad etadi", deydi Abu Zayd.

Eslatib o‘tamiz, 21 oktyabr kuni G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yuklangan birinchi yuk mashinalari Rafah nazorat punkti orqali anklavga kirgandi. O‘shanda 20 ta yuk mashinasi G‘azo chegarasini kesib o‘tgach, o‘tish joyi yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr Falastin Isroil G'azo Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing