Gulnora Karimovaning sobiq hamkori karlikka chalindimi?
Olam
−
22 noyabr 2019
22190Prodyuser Maksim Fadeyev "Men sizni eshitmayapman" nomli hujjatli filmida 38 yoshida kasbiy jarohati tufayli eshitish muammosiga duchor bo‘lganini tan oldi.
Fadeyevning so‘zlariga ko‘ra, qulog‘idagi kuchli shovqin uni hech tark etmayapti. "Eshitish qobilyatim qattiq shikastlangan va men butunlay kar bo‘lganman. Asablarim tamom bo‘ldi. Eshitish qobilyatimni yo‘qotib, hayotimni yo‘qotganimni angladim", dedi Fadeyev.
Maksim Fadeyev 51 yoshda bo‘lib, u Linda, "Yulduzlar fabrikasi" rassomlari, Glyukoza bilan ijodiy hamkorlikda ishlagan. U yaqinda MALFA prodyuserlik markazidan ishdan bo‘shatildi.
Eslatib utamiz, Maksim Fadeyev Gulnora Karimova bilan ham ijodiy xamkorlik qilgan edi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi