Qashqadaryoda endi barcha bemorlar shifoxonada davolanadi – Zoyir Mirzayev
Jamiyat
−
04 avgust 2020
8930Qashqadaryo xokimi ayni vaqtda uy sharoitida davolanayotgan barcha bemorlar endilikda statsionar sharoitda davolanishini aytdi. Buning uchun viloyatda barcha shart-sharoitlar yaratilganligi ham qayd etildi.
“Bundan keyin kasallik aniqlangan fuqarolar uyda emas, to‘liq statsionar sharoitda davolanadi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatyaptiki, uyda davolanishdan ko‘ra statsionar sharoitda davolanish ancha ishonchli va samarali. Qolaversa, viloyatdagi shifoxonalarda koronavirusni davolash uchun ajratilgan (yaratilgan zaxira o‘rinlaridan tashqari) o‘rinlar soni ham, dori-darmon zaxirasi ham yetarli”, dedi viloyat hokimi.
Zoyir Mirzayev karantin choralari yumshatilishi ortidan sektor rahbarlari va mutasaddilarga qo‘llanishi zarur bo‘lgan choralar yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Unga ko‘ra, endilikda har bir tibbiyot muassasasida eng kamida bittadan mobil guruhlari tashkil qilinishi, mazkur mobil guruhlar uy sharoitida davolanayotgan bemorlar, kasallikka shubha qilinganlar holidan xabardor bo‘lib turishlari lozim. Mahalla raisi va profilaktika inspektori ularning ro‘yxatini shakllantirib, karantin va izolyatsiya qoidalariga qay darajada amal qilinayotganini nazoratda tutishlari kerakligi aytilgan.
Avvalroq, Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, viloyatdagi tumanlar hokimlariga epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, karantin cheklovlarini yumshatish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi .
LiveBarchasi