Gulnora Karimovaga pora berishda ayblanganlar oqlandi

Olam

image

Bugun, 15 fevral kuni Shvetsiyada Stokgolm uyezd sudi Telia kompaniyasi rahbariyati tarkibida bo‘lgan shaxslarga qo‘yilgan ayblovlarni bekor qildi. Ular qatorida kompaniyaning sobiq bosh direktori Lars Nyuberg va sobiq direktor o‘rinbosari Tero Kivisaari bo‘lgan.

Lars Nyuberg va Tero Kivisaari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga mamlakat kommunikatsiya bozoriga kirish uchun pora berganlikda ayblanayotgandi.

Mojaro bir necha yillar avval Telia 2004-2012 yillarda O‘zbekiston hukumati bilan bog‘langan soxta kompaniyalarga 800 mln dollaro‘tkazgani ma’lum bo‘lganda boshlangan. 

Shveysariya prokuraturasi 2012 yilda pora evaziga Gulnora Karimova himoyasiga o‘tgan kompaniyalarga qarshi tekshiruv ishlarini boshlagandi. Keyinroq, Shvetsiya, Fransiya, Niderlandiya va AQSH jarayonga qo‘shilgandilar. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, yirik telkomunikatsiya kompaniyalari – Telia, Vimpelcom va MTS Karimovaga ko‘p millionlik pora bergan va mahalliy bozorga kirib borgan. Poraning umumiy miqdori 1 milliard dollardan oshgan. Avvalroq, Telia kompaniyasiga 2016 yilda 1,25 yevro jarima solingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 5 dekabr kuni shvedlarning Telia kompaniyasi O‘zbekistondagi Ucell aloqa operatoridagi hissalarini sotgandi. Kompaniya hissalari Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga sotildi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Gulnora Karimova Telia

Baholaganlar

245

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing