Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari qo‘zg‘atilishiga xalqaro yuridik kompaniyasidan kelib tushgan ma’lumotlar va fuqarolarning arizalari asosida to‘plangan tekshirish hujjatlari asos bo‘lgan.

Aniqlanishicha, Gulnora Karimova bir guruh shaxslar bilan til biriktirgan holda, "Quvasoysement" va "Bekobodsement" AJlarining davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib olgan.

Gulnora Karimova qayd etilgan aksiyalarni chet el tadbirkorlariga sotgan hamda ularning noqonuniy faoliyatiga rahnamolik qilib, respublika manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, Gulnora Karimova fuqarolar va turli kompaniya egalarini zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, ularning mulkini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan. 

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz hozirda Gulnora Karimova Zangiota tumanidagi ayollar koloniyasida sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova jinoyat

Baholaganlar

541

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing