Gulnora Karimova va Akbar Abdullayev nazoratida bo‘lgan zavod xorijiy investorga sotiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezident i Shavkat Mirziyoyev kecha, 10 aprel kuni “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy ivestitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” xorijiy investorga sotiladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

Qarorga muvofiq, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning ustav kapitalidagi “O‘zbekneftmahsulot” AJning 100 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berildi.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi “PT Trans Asia Resources” (Indoneziya) xorijiy kompaniyasining investitsiyalarini jalb etgan holda modernizatsiya qilinadi.

“PT Trans Asia Resources” kompaniyasi zavodni modernizatsiya qilib, to‘liq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng, keyinchalik foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat konsorsium tashkil etiladi.

Keyinchalik zavodning ustav kapitalidagi davlat ulushi Hukumat shartlari asosida “PT Trans Asia Resources” kompaniyasiga sotiladi. 

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, 2014 yilgacha Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimovning qayinsinglisi Tamara Akbarovaning o‘g‘li Akbar Abdullayevning nazorati ostida bo‘lgan va bu ish bevosita Gulnora Karimova bilan bog‘langan. 

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, 2013 yilning oktyabr oyida Akbar Abdullayevga nisbatan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan 164 “Davlat mulkini talon-taroj qilish” hamda 184 “Soliqlardan bosh tortish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Akbar Abdullayevning sud tomonidan xatlangan Parkent tumani Kumushkon qishlog‘idagi noturar ko‘chmas mulk ob’ekti bog‘i ochiq auksionga qo‘yildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Akbar Abdullaev Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing