Toshkent viloyatida ahvol og‘irlashyapti. Bo‘stonliqda yana ikki kishi koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020
18910Bugun, 18 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 125 nafarga oshib, 50 378 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yana ikki bemor koronavirusdan vafot etdi.
Yangi kasallanish holatlarining 90 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Bo‘stonliq tumanida yashagan 71 yoshli A.T. (erkak) hamda 41 yoshli D.Ya. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 331 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Namangan viloyatida 51 nafar, Buxoro viloyatida 23 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 46 645 (+553) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 312 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq, Bo‘stonliq tumanida 11 yashar bola koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi