Gulistondagi koronavirus bemorlarini taqsimlash markazida portlash yuz berdi

3-sahifa

image

Bugun, 7 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida kuli gumbirlash eshitildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 08:13 da Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida sodir bo‘lgan.

Sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir bo‘ldi. 

Hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib,  fuqarolarga tan jarohati yetgan. Ta’kidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar aniqlanmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Guliston

Baholaganlar

754

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing