Gulistonda yo‘l yuzida raqsga tushgan TikTokerlar jazolandi
3-sahifa
−
19 dekabr 2020
12684Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahar markazidagi chorrahalardan birida yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tib, avtomashinalar harakatiga halaqit bergan holda raqsga tushgan 3 nafar yigitlarning xatti-harakatlari keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Guliston shahar IIO FMB HPB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida 3 nafar yigitlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. 2 nafari 20 yoshli, 1 nafari esa 18 yoshli yigitlar, Xovos tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi D.E. Sirdaryo tumani, Zarshunoslik maxallasida yashovchi A.I. hamda ularni videotasvirga olgan Sayhunobod tumani, “Farovon” mahallasida yashovchi Sh.A. ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Ushbu yigitlar sodir etgan huquqbuzarlik harakatlari bo‘yicha Guliston shahar IIO FMB HPB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 54-modda, 1-qismi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish) hamda 183-moddalar ( Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik) tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, Guliston shahar Ma’muriy sudiga ko‘rib chiqishlik uchun yuborilgan.
Guliston shahar Ma’muriy sudi qaroriga ko‘ra fuqaro D.E. hamda A.I.larga BHMning 5 baravari miqdorida jarima hamda 4 (to‘rt) sutkadan ma’muriy qamoq jazosi, fuqaro Sh.A.ga nisbatan esa BHMning 5 (besh) baravari miqdorida jarima hamda 3 (uch) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi