Gulistonda “qora dori” sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
3-sahifa
−
17 avgust
2824Sirdaryo viloyatida giyohvand modda sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 6-7 avgust kunlari Guliston shahri hududida o‘tkazilgan “Nazorat ostidan olish” tezkor-qidiruv tadbiri davomida shu shaharda yashovchi shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga 2 000 000 so‘m pul evaziga polietilen qopga solingan, yashil rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, nam holatdagi, nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganda 2 kilogramm 755 gramm bo‘lgan kannabis giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositani sotgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabar so‘ngida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va giyohvand moddalarni sotayotgan shaxslar ushlangandi.
LiveBarchasi