Gulistonda 65 metrlik Davlat bayrog‘i o‘rnatildi

Jamiyat

image

Guliston shahridagi “Yurt bayrog‘i” maydonida O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘ini o‘rnatishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat idoralari va jamoat tashkilotlari jamoalari , nuroniylar, yoshlar, tuman va shaharlardan kelgan ko‘plab vakillar ishtirok etdi.

Davlat bayrog‘i o‘rnatilgan maydonda rang-barang dizayndagi yangi gulzorlar ham tashkil etildi. Binobarin, Mustaqillik bayrami arafasida Guliston shahrida jami 2 million tup gul ekildi.

Tantanada Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofirjon Mirzayev so‘zga chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

bayroq

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing