Guliston tumanida “zamhokim” pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
29 aprel 2021
8758Joriy yilning 27 aprel kuni Guliston tumani hokimining o‘rinbosari 400 AQSH dollarini pora sifatida olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro M.K.ning arizasiga asosan BP huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va DXXning hududiy boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida viloyat hududiy “Chorvanasl” markazi Guliston tumani yetakchi mutaxassisi M.X. M.K.dan “Yulduz” massivida kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon olishga yordam berishi evaziga 400 dollar olgan vaqtida, ushlangan.
Shundan so‘ng, M.X.ning pushaymonlik arizasiga asosan shu kuni tezkor tadbir davom ettirilib, Guliston tumani hokimining o‘rinbosari B.S. M.K.ni “Yulduz” massivida kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uylardan xonadon olishi uchun ro‘yxatga qo‘yib, yordam berishi evaziga 400 AQSH dollarini M.X.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
28 aprel kuni Departamentning tuman bo‘limi tomonidan viloyat hududiy “Chorvanasl” markazi Guliston tumani yetakchi mutaxassisi M.X. ga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan hamda Guliston tumani hokimining o‘rinbosari B.S.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.S.ga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi